"Afsonaviy an’ana": Xalqaro valyuta fondi rahbarini o‘zbeklar mehmondo‘stligi hayratlantirdi

"Kuni kecha O‘zbekiston zaminiga qadam tashlashim bilan men bu mehmondo‘stlik ruhini his qilib kelmoqdaman. Bu saxiylik, bu olijanoblik... Mehmonlarga o‘ta saxiylik bilan takalluf ko‘rsatasizlar ekan". - deya hayratini yashirmadi Lagard
Sputnik

TOShKENT, 17-may - Sputnik. Kuni kecha O‘zbekiston zaminiga qadam qo‘yishim bilan, bu mamlakat haqida gapiriladigan afsonaviy mehmondo‘stlik singari go‘zal an’ana ruhini his etapman. Sizlar mehmonlarni g‘oyat ulug‘laysizlar ekan, deya to‘lqinlanib nutq so‘zladi Toshkentda Markaziy bankda o‘tkazilgan yig‘ilishda Xalqaro valyuta fondi boshqaruvchi direktori Kristin Lagard. Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabari asosida.

O‘zbek ayollari qachon Markaziy Bank raisi bo‘lishi mumkin - Kristin Lagard javobi

Kristin Madlen Odett Lagard 16-may kuni ilk bor O‘zbekiston diyoriga tashrif buyurdi. Markaziy Bank binosida 17-may kuni "O‘zbekistondagi islohotlar: inklyuziv o‘sish va hamkorlik uchun yangi formula" mavzusida nutq so‘zladi.

Lagard o‘z nutqini O‘zbekistondagi mehmondo‘stlik an’anasiga sharh berishdan boshladi. XVF rahbarining aytishicha, biror davlatga borishdan oldin, o‘z jamoasiga o‘sha yurtni tavsiflaydigan biror shiorni berishlarini aytib, murojaat qiladi. Lagardga jamoasi "Mehmon otangdan ulug‘" iborasi O‘zbekistonni yaqqol ifoda etishini ma’lum qiladi.

"Afsonaviy an’ana": Xalqaro valyuta fondi rahbarini o‘zbeklar mehmondo‘stligi hayratlantirdi

"Kuni kecha O‘zbekiston zaminiga qadam tashlashim bilan men bu mehmondo‘stlik ruhini his qilib kelmoqdaman. Bu saxiylik, bu olijanoblik... Mehmonlarga o‘ta saxiylik bilan takalluf ko‘rsatasizlar ekan". - deya hayratini yashirmadi Lagard.

Kristin Lagard 1956-yilning 1-yanvarida Parijda tavallud topgan. Fransiya iqtisod va moliya vaziri lavozimida faoliyat yuritgan. 2011-yilning 5-iyunida Xalqaro valyuta fondi direktori vazifasini bajarishga kirishgan. 2016-yilning 19-fevralida XVF direktorlar kengashi Kristin Lagardni XVF direktori lavozimiga qayta saylagan.