Moskvada “ID” terrorchilari bank kartalariga pul jo‘natgan kishi ushlandi

Moskvada “Islom davlati” uchun pul yiqqan kishi qo‘lga olindi.
Sputnik

TOShKENT, 16-may – Sputnik. Federal xavfsizlik xizmati Moskvada terrorchilarga pul jo‘natgan kishini qo‘lga oldi. U 2015-yildan boshlab Suriyadagi terrorchilarning bank kartalariga 50 million rubl pul o‘tkazib bergan.

“Islom davlati”ning Markaziy Osiyo jangarilariga javobgar bo‘lgan boshliq yo‘q qilindi

Qo‘lga olingan shaxs – Guyev Georgiy Ruslanovich, Shimoliy Osetiyada tug‘ilgan.

Tergov ishida ma’lum bo‘lishicha, Guyev moddiy yordam bergan jangarilar “Islom davlati”* terrorchilik uyushmasi safida Suriya hududida urush qilgan.

FXXga ko‘ra, Guyev “Muxajirun” islom jamg‘armasi asoschisi Isroil Axmednabiyevga pul jo‘natgan. Bu shaxs terrorizm uchun qidiruvga berilgan.

Pullar xorijda naqdlashtirilib, terrorchilik harakatlarini tayyorlash va amalga oshirish uchun yo‘naltirilgan.

Hozircha ushlangan shaxs pullarni qayerdan olgani noma’lum.

Guyevning uyida tintuv vaqtida ekstremistik adabiyotlar, ko‘plab bank kartalari va “ID” boshliqlarining yo‘qnomalari yozilgan mobil telefonlar topilgan.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot