Abdulaziz Kamilov Dushanbeda qaysi masalalarni muhokama qiladi?

Abdulaziz Kamilov 2019-yilning 17-18-may kunlari Dushanbe shahriga tashrif buyuradi.
Sputnik

TOShKENT, 16-may – Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya 2019-yilning 17-18-may kunlari Dushanbe shahriga tashrif buyuradi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qildi.

Ekstremistlarni ta’minlayotgan "ozuqa muhitini" bartaraf etishda davom etish kerak - Kamilov

Xabarda aytilishiga ko‘ra, vazir Tojikiston poytaxtida “Terrorizm va uni moliyalashtirish asoslari, xususan narkotiklarning noqonuniy aylanishi va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro va mintaqaviy hamkorlik” mavzusidagi yuqori darajali konferensiyada va “Markaziy Osiyo – Yaponiya” muloqoti Tashqi ishlar vazirlarining 7-majlisida ishtirok etadi.

Shuningdek, Kamilov mazkur tadbirlarda ishtirok etayotgan delegatsiyalar rahbarlari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish ham rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Tokioda O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston va Yaponiya vakillari ko‘p tomonlama, jumladan, mintaqaviy xavfsizlik, savdo va investitsiya, transport infratuzilmasi va logistikani rivojlantirish hamda madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollarini muhokama qildi.