TOShKENT, 16-may - Sputnik. Xitoy ishlab chiqaradigan telekommunikatsiya uskunasi bo‘lmish Huawei dan endilikda AQShda foydalanish ta’qiqlandi, deb xabar qilmoqda Reuters.
AQSh hukumati elektronika ishlab chiqaruvchiga amerika bozorida o‘z gadjetlarini to‘laqonli sotishni ta’qiqladi. AQSh hukumatiga ko‘ra, bu uskunalar barcha ma’lumotlarni xitoy razvedkasiga uzatishi mumkin.
Kompaniya vakili bunga javoban, AQSh tomonidan qo‘llanilayotgan dalilsiz choralar Vashingtonga xavfsizlikka erishishga yordam bermasligini va bundan AQSh kuchliroq bo‘la olmasligini, qolaversa endi Amerika yanada qimmatroq va sifat jihatdan ancha past muqobil elektronika moslamalaridan foydalanishga majbur bo‘lishini iddao qildi.
AQSh prezidenti Donald Tramp chorshanba kuni axborot texnologiyalariga tahdid munosabati bilan "milliy favqulodda holat" joriy etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Savdo vaziriga AQSh milliy xavfsizligiga yoxud AQSh fuqarolari xavfsizligiga yo‘l qo‘yib bo‘lmas xatarni yuzaga keltiradigan kelishuvlarni amalga oshirish ta’qiqlandi.