AQSh uchuvchisiz samolyoti Rossiyaning g‘arbiy chegaralarida razvedka olib bordi

AQShning razvedkachi samolyoti Kaliningrad viloyati chegarasi yaqinida ko‘rindi.
Sputnik

TOShKENT, 15-may — Sputnik. AQSh havo harbiy qo‘shinlari RQ-4B-40 Global Hawk strategik uchuvchisiz samolyoti Rossiyaning g‘arbiy chegaralarida razvedka olib bordi. Bu haqda PlaneRadar xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, strategik uchuvchisiz samolyot Sitsiliya orolidagi Sigonella bazasidan havoga ko‘tarilgan.

Moskva vaqti bilan soat 11:45 da samolyotni Kaliningrad viloyati chegarasi yaqinida ko‘rishdi.

Soat 13:00 da Estoniya hududidan Pskov va Leningrad viloyatlari hududidan razvedka parvozini boshladi.

Oxirgi vaqtlarda xorijiy davlat razvedka samolyotlari va uchuvchisiz qurilmalari Rossiya chegaralari yaqinida borgan sari ko‘p paydo bo‘lmoqda.  

Masalan, o‘tgan haftada RQ-4B-40 Global Hawk Qrim qirg‘oqlari yaqinida ko‘rinish berdi.

Rossiya Mudofaa vazirligi Vashingtonni bunday operatsiyalardan voz kechishga chaqirgandi, biroq Pentagon buni rad etdi.