Toshkentda xalqaro O‘zbekiston energetika konferensiyasi kunlari bo‘lib o‘tmoqda

Power Uzbekistan 2019 ko‘rgazmasi energetika majmuasining deyarli barcha asosiy yo‘nalishlarini birlashtirgan
Sputnik

TOShKENT, 15-may - Sputnik. Toshkent shahrida xalqaro O‘zbekiston energetika konferensiyasi kunlariga start berildi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Toshkentda xalqaro O‘zbekiston energetika konferensiyasi kunlari bo‘lib o‘tmoqda

15-17 may kunlari, uch kun mobaynida Toshkent respublika iqtisodiyotining energetika tarmog‘i duch kelayotgan masalalarni, neftgaz sohasi, gaz kimosi, atom energetikasi, elektr energetikasini rivojlantirish, energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirishning dolzarb muammolarini muhokama qilish markaziga aylanadi.

Ko‘rgazmalar va konferensiyalar ishida 32 mamlakatning 300dan ortiq kompaniyalari va 1000 nafar delegatlar ishtirok etadi.

Shuningdek, konferensiya davomida - tarmoqning bo‘lajak avlodi - talabalar va yosh mutaxassislarga alohida e’tibor qaratiladi. O‘zbekiston neft va gazi - OGU ishining dastlabki ikki kunida "Yosh olimlar anjumani" o‘tkaziladi. U "Yosh mutaxassislar" interfaol sho‘’basini o‘tkazish bilan yakunlanadi.

Toshkentda xalqaro O‘zbekiston energetika konferensiyasi kunlari bo‘lib o‘tmoqda

Power Uzbekistan 2019 ko‘rgazmasi energetika majmuasining deyarli barcha asosiy yo‘nalishlarini birlashtirgan: energetika, energiyani tejash, atom energetikasi, elektrotexnika uskunalari, qaytat tiklanuvchi va energiyaning muqobil manbalari, kuch elektronikasi, issiqlik energetikasi uskunalari.

Toshkentda xalqaro O‘zbekiston energetika konferensiyasi kunlari bo‘lib o‘tmoqda

O‘tkaziladigan tadbir doirasida Energetika vazirligi, AJ "O‘zbekneftgaz", "O‘zAtom" agentligi kompaniyalari va bo‘linmalarining rahbar xodimlarini xorijiy delegatsiyalar va kompaniyalar rahbarlari bilan B2J va B2B uchrashuvlari rejalashtirilgan.