Toshkent viloyatida Moldova fuqarosi paxta ekin dalasini payhon qildi

Chet ellik fuqaroga qonuniy chora ko‘rish uchun to‘plangan hujjatlar sudga yuborilgan.
Sputnik

TOShKENT, 15-may – Sputnik. Toshkent viloyatida Moldova fuqarosi paxta ekin dalasini payhon qildi.

Toshkent IIB xodimlari
Besh yuzdan ortiq Moldova fuqarolari O‘zbekistondan chiqarib yuborildi

O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining ma’lum qilishicha, Yuqorichirchiq tumanida 13-may kuni Moldova Respublikasi fuqarosi 31 yoshli K.V. boshqaruvidagi “Kobalt” avtomashinasida noma’lum ayol bilan “Nizomiddin Anro-omad” fermer xo‘jaligi paxta ekin dalasiga kirgan.

“Paxta ekin dalasining 0.1ga maydonini avtomashinada payxon qilib, moddiy zarar yetkazgan”, - deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, K.V.ga qonuniy chora ko‘rish uchun to‘plangan hujjatlar sudga yuborilgan.