TOShKENT, 15-may — Sputnik. Iroq hukumati S-400 himoya majmuasini sotib olishga qaror qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti ushbu mamlakatning Rossiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Xaydar Mansur Xadiga asosan.
Elchi aytishiga qaraganda, ayni damda ushbu bitimning aniq sanasini belgilovchi “yo‘l xaritasi” tuzilmagan, shuningdek, amerika tomon bilan ham ushbu borada muzokaralar olib borilmagan.
“Amerikaliklar bilan muammolarni hal qilishda diplomatik kanallardan foydalanish rejalashtirilmoqda”, - dedi elchi.
Eslatib o‘tamiz, 2017-yilda Turkiya Rossiya bilan S-400 tizimlarini sotib olish to‘g‘risida bitim imzolagan edi. Vashington S-400 tizimlarini Turkiyaga yetkazib berishga barcha choralarni ishga solgan holda qarshilik ko‘rsatmoqda.
AQSh Turkiyaga qarshi sanksiyalar kiritish hamda eng yangi F-35 samolyotlarini Turkiyaga sotish jarayonini to‘xtatish bilan po‘pisa qilmoqda. Anqara o‘z navbatida S-400 sotib olishdan voz kechmasligini ma’lum qilmoqda.
Ma’lumot uchun, S-400 "Triumf" — o‘rta va uzoq masofalarga mo‘ljallangan yangi zenit raketa majmuasi bo‘lib. Uni kechayu-kunduz, har qanday lanshdaft va kuchli radioelektron ta’sir sharoitlarida ham qo‘llash mumkin.