YeI Afg‘oniston bo‘yicha hamkorlikka Markaziy Osiyo davlatlarni jalb qiladi

Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyo respublikalari bilan Afg‘oniston bo‘yicha hamkorlikni rivojlantiradi.
Sputnik

TOShKENT, 15-may – Sputnik. Yevrokomissiya Markaziy Osiyo hududiga qaratilgan yangi strategiyasini e’lon qildi. Unda YeI MOning besh davlati bilan Afg‘oniston bo‘yicha hamkorlikni rivojlantiradi, deyilgan RIA Novosti xabarida.

Yevropa komissiyasi YeI diplomatiyasi rahbari Federika Mogerini bilan birgalikda e’lon qilingan strategiyada O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Qozog‘iston bilan yanada yaqinroq hamkorlik qilish rejasi aytib o‘tilgan.

“YeI Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatishga ko‘maklashish maqsadida Markaziy osiyo davlatlari bilan yanada yaqinroq hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qaror qildi. Shuning uchun ham Afg‘onistonni YeIning Markaziy Osiyoga hududiga doir dasturlariga  kiritish hamda Afg‘oniston bilan bog‘liq hududiy va uch tomonlama loyihalarni qo‘llab-quvvatlash - maqsadga mufofiq bo‘lar edi”, - deyilgan xabarda.  

Hujjatda, shuningdek, YeI kelajakda ham uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash, noqonuniy migrantlarni olib kelish, odam savdosi va narkotialar oboroti bilan bog‘liq jinoyatlarga qarshi kurash uchun hamkorlikni rivojlantiradi.