Deputat Poroshenkoni “o‘lik g‘oz” deb atadi

Deputatning so‘zlariga ko‘ra, hozir hamma hokimiyatga yopishib olish holatini kuzatmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 15-may – Sputnik. Ukraina Oliy rada deputati prezident Potr Poroshenkoni “o‘lik g‘oz”ga qiyosladi.

RIA Novosti xabariga ko‘ra, “Muxolifat platformasi – hayot uchun” partiyasi deputati Nestor Shufrich Ukrainaning amaldagi prezidenti Potr Poroshenko hokimiyat ga  chirmashib olishga urinib, “o‘lik g‘oz”ga aylanib qolganligini ma’lum qilgan.

Deputatning so‘zlariga ko‘ra, hozir hamma hokimiyatga yopishib olish holatini kuzatmoqda.

Poroshenko Zelenskiyga maslahat berdi

“Lavozim va mukofotlar tarqatilmoqda, strategik qarorlar allaqachon hatto cho‘loq o‘rdak ham emas, kechirasiz-u, o‘lik g‘oz tomonidan qabul qilinmoqda. Bu nafaqat bizni, balki kamida 73 foiz Poroshenokoga qarshi ovoz bergan fuqarolarimizning g‘azabini keltirmoqda”, - degan deputat.

Nestora Shufrich fikriga ko‘ra, Poroshenko va uning ma’muriyati tezroq hokimiyat tepasidan ketishi kerak.

Ukraina MSK Vladimir Zelenskiyni prezidentlik saylovlarida g‘olib chiqqanini rasman e’lon qildi. U saylovning ikkinchi bosqichida 73,22 foiz ovoz to‘pladi. Amaldagi prezident Potr Poroshenko saylovchilarning 24,45 foiz ovozini to‘plab, mag‘lubiyatga uchradi.

Qonunga binoan yangi davlat rahbarining inauguratsiyasi 3-iyunga qadar bo‘lib o‘tishi kerak. Oliy rada hozircha bir to‘xtamga kelganicha yo‘q. Deputatlar inauguratsiyani 19, 20, 26-may yoki 1-iyun kunlari o‘tkazizni taklif qilishmoqda. Zelenskiyning o‘zi inauguratsiyani 19-mayda o‘zkazishlarini talab qilmoqda.