O‘zbekistonda diniy muassasalarni ro‘yxatga olish soddalashtiriladi

Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning vakolatlaridan diniy tashkilotlarni tugatish huquqi chiqarib tashlandi, diniy tashkilot faoliyatini sud tartibida to‘xtatish belgilandi.
Sputnik

TOShKENT, 15-may — Sputnik. O‘zbekistonda diniy tashkilotlarni ro‘yxatga olish tartibi diniy tashkilotlarni tashkil etish uchun tashabbuskorlar sonining 100 kishidan 50 kishigacha qisqartiriladi, shuningdek, diniy ta’lim muassasalarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi soddalashtiriladi. Bu haqda Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi saytida ma’lum qilindi.

2019 yil 14-mayda O‘zbekiston  Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida Din va e’tiqod erkinligini ta’minlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning ijrosini monitoring qilish bo‘yicha Ishchi guruhning navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Toshkentda Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomidagi masjid ochildi

O‘zbekistonda diniy tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yxatga olish, tugatish tartibini yanada maqbullashtirish va soddalashtirish bo‘yicha xalqaro ekspert tavsiyalarini hisobga olgan holda, diniy tashkilotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish ularning markaziy organlari uchun davlat boji besh marta – EKOIH ning 100 baravaridan 20 baravarigacha va diniy tashkilotlarning o‘zi uchun 50 dan 10 gacha qisqartirildi. Ro‘yxatga oluvchi organga hisobot berish tartibi va muddati yiliga bir marta hisobot taqdim etish talablarini belgilash yo‘li bilan soddalashtirildi.

Shuningdek, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning vakolatlaridan diniy tashkilotlarni tugatish huquqi chiqarib tashlandi, diniy tashkilot faoliyatini sud tartibida to‘xtatish belgilandi.

Ishchi guruhning kengaytirilgan yig‘ilishida deputatlar, senatorlar, vazirliklar, idoralar, ta’lim muassasalari rahbarlari, fuqarolik jamiyati institutlari, diniy tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari va O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus vakillari ishtirok etdi.