Poroshenko Zelenskiyga maslahat berdi

“Sharqiy hamkorlik” dasturining 10-yilligiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida boshlovchi Ukrainaning amaldagi prezidenti Poroshenkodan yangi saylangan prezident Zelenskiyga qanday maslahat bera olishi haqida so‘radi.
Sputnik

TOShKENT, 14-may – Sputnik. Ukraina prezidenti lavozimni tark etayotgan Potr Poroshenko o‘zining davomchi Vladimir Zelenskiyga mashalat berdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Putin Zelenskiyga maslahat berdi

Brusselda bo‘lib o‘tgan “Sharqiy hamkorlik” dasturining 10-yilligiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida boshlovchi Ukrainaning amaldagi prezidenti Poroshenkodan yangi saylangan prezident Zelenskiyga qanday maslahat bera olishi haqida so‘radi.

“Shunchaki Poroshenko yo‘lidan borish kerak, shuning o‘zi kifoya”, - dedi Poroshenko qarsaklar sadosi ostida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kiyevning Obolon tuman sudi Ukrainaning yangi saylangan prezidenti Vladimir Zelenskiyni prezident saylovlari vaqtida noqonuniy tashviqot olib borishda aybdor deb topib, jarimaga tortgani haqida xabar qilgan edik.