Lola Astanova xalqaro san’at ko‘rgazmasida konsert berdi

Venetsiya biyennale ko‘rgazmasida Lola Astanova Andrea Bochelli bilan birgalikda chiqish qildi.
Sputnik

TOShKENT, 14-may – Sputnik. O‘zbekistonlik pianinochi Lola Astanova taniqli haykaltarosh va artist Andrea Bochelli bilan Venetsiya biyennale xalqaro san’at ko‘rgazmasida chiqish qildi.

Ko‘rgazmada mashhur rassom Lorenso Kuinning ijod namunasi - “Ko‘priklar qurilishi” haykali ochilish marosimi o‘tkazildi.

Lola Astanova Instagram sahifasida haykaltarosh va artist Andrea Bochelli bilan birga tushgan rasmlarni joylashtirdi.

Lola Astanova xalqaro san’at ko‘rgazmasida konsert berdi

Lola Astanova royalda turli musiqalarni yuqori mahorat bilan ijro etishi bilan butun dunyoda mashhur.

Lola Astanova xalqaro san’at ko‘rgazmasida konsert berdi

Toshkentda tug‘ilib o‘sgan Lola Astanova turli xorijiy mamlakatlarda katta konsertlar beradi. Ijtimoiy tarmoqlarda minglab kuzatuvchilarga ega, uning videolarini millionlab odamlar tomosha qiladi.

Lola Astanova Toshkent shahridagi Uspenskiy nomli musiqa maktabini tamomlagan,  u 6 yoshidan boshlab mashhur pedagog Tamara Popovich qo‘l ostida pianino chalishni o‘rgangan.