TOShKENT, 14-may – Sputnik. Yulduzli juftlik Irina Sheyk va Bredli Kuper ishqiy munosabatlarini yakunlagani haqida shov-shuvli xabarlar deyarli tasdiqlandi. Bu haqda MTO nashri haqida xabar berdi.
“Bredli va Irina endi birga emas. Ular rasmiy izoh berishmaydi. Kuper har doim shaxsiy hayotini sir saqlab keladi. Sheyk esa oshkoralikni yaxshi ko‘radi”, - deb ta’kidladi suhbatdosh.
Hozircha yuzduzli juftlik bu xabarga izoh bermadi. Suhbatdoshning fikriga ko‘ra, juftlik o‘rtasidagi munosabatlarining uzilishi Ledi Gaga bilan bog‘liq emas.
Yaqinda Nyu-Yorkda o‘tkazilgan Met Gala marosimia Irina Sheyk qizil yo‘lakda yalg‘iz o‘zi paydo bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, 2015-yilda Irina Sheyk va Bredli Kuper o‘rtasidagi ishqiy munosabatlar haqida ma’lum bo‘ldi. Ikki yildan so‘ng ular qiz farzandli bo‘lishdi. Uning ismini Leya deb qo‘yishdi.