AQSh Yevropada yadroviy quroldan foydalanishga tayyorlanmoqda – Rossiya TIV 

O‘z yadro quroliga ega bo‘lmagan Yevropa mamlakatlari hududida yadroviy qurol joylashtirish - bu misli ko‘rilmagan xoinlik - Rossiya TIV.
Sputnik

TOShKENT, 14-may – Sputnik. AQSh Yevropada yadroviy qurol joylashtirmoqda, bu Vashingtonning Yevropa mamlakatlari ruxsati bilan, yadroviy quroldan foydalanishga tayyorgarlik ko‘rayotganidan darak beradi, deb Rossiya Tashqi ishlar vazirligining qurol-yarog‘ tarqalishini oldini olish departamenti direktori Vladimir Yermakovning so‘zlarini keltirmoqda RIA Novosti.

“Afsuski, ayrim, Vashingtoga tobe bo‘lgan mamlakatlar o‘zlarini hech narsa bo‘lmayotgandek tutmoqdalar. Ular XXI asrda Yevropa hududida, yadroviy qurolga ega bo‘lmagan mamlakatlar ishtirokida, yadroviy qurolni qo‘llashga tayyorgarlik ketayotganining naqadar xoinona harkat ekani haqida o‘ylab ko‘rishga ham qo‘rqadilar”, - deydi Yermakov.    

Diplomat, Yevropa mamlakatlarini ular Amerika tufayli o‘zlarini xavf ostiga qo‘yayotgani uchun tanqid qildi. Rossiya, oldin ham bir necha bor ta’kidlagan edi: biror jiddiy xavf tug‘ilganda zarba birinchi navbatda Rosiyaga eng yaqin bo‘lgan xavf manbaalariga berilishi haqida ogohlantirgan edi.   

“Madaniyatlari Yevropa davlatlari, o‘zlarini yadroviy halokat yoqasiga yetaklayotgan bir vaqtda, yadroviy qurol tarqalmasligi haqida qanaqa gap-co‘z bo‘lishi mumkin”, - dedi rossiyalik diplomat BMT minbaridan turib.

O‘tgan haftada Nyu Yorkdagi BMT shtab-kvartirasida 2020-yilda Yadroviy qurol tarqalmasligi shartnomasiga bag‘ishlangan anjuman o‘tkazish masalasi muhokama qilingan edi. Unda Yermakov Vashington hatti-harakatini qattiq tanqid qilgan edi.