Janubiy Koreyada yong‘in oqibatida halok bo‘lgan talabaning jasadi Toshkentga keltirildi

Hozirda Janubiy Koreya tomoni yong‘in sabablarini aniqlash uchun tergov harakatlarini davom ettirmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 13-may – Sputnik. Janubiy Koreyaning Seul shahridagi kvartirada joriy yil 9-may kuni sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida halok bo‘lgan o‘zbekistonlik Farrux Mo‘minovning jasadi Toshkentga jo‘natildi.

TIV Rossiyada qo‘lga olingan o‘zbekistonlik talaba haqida bayonot berdi

TIV xabariga ko‘ra, yong‘in chog‘ida ikkinchi darajali kuyish olgan talaba Mutal Yo‘ldoshev “Hanil” kasalxonasiga joylashtirilgan, unga malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. 11-may kuni jabrlanuvchining otasi va akasi Seul shahriga yetib kelgan. M.Yo‘ldoshev ta’lim olgan “Hankuk” universiteti ko‘magida ularga yashash joyi borasida va boshqa masalalarni hal qilishda yordam ko‘rsatilgan.

Xabarda hozirda Janubiy Koreya tomoni yong‘in sabablarini aniqlash uchun tergov harakatlarini davom ettirayotgani qayd etilgan.