Toshkentda 195 gektar yer maydonni olib berishni va’da qilgan firibgar qo‘lga olindi

Firibgar fuqarodan jami 100000 dollarni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida qo‘lga olindi.
Sputnik

TOShKENT, 13-may – Sputnik. Toshkentda 195 gektar yer maydonni olib berishni va’da qilib, 100 ming dollar olgan firibgar qo‘lga olindi.

Samarqandda firibgar fuqaroni 49 ming dollarga chuv tushirdi

O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining xabar qilishicha, 8-may kuni O‘zbekiston huquqni muhofaza etuvchi organ xodimlari tomonidan Toshkent shahrining M.Ulug‘bek tumanda tadbir o‘tkaziladi.

Qayd etilishicha, tadbir natijasida fuqaro Toshkent viloyati Qibray tumanida yashovchi fuqaroga Parkent tumani Boyqozon qo‘rg‘onida joylashgan 195 gektar yer maydonini o‘z tanishlari yordamida tuman hokimligidan ijara shartnomasi tuzish orqali uning ixtiyoriga o‘tkazib berishini va’da qilib, undan jami 100000 dollarni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida qo‘lga olingan.

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.