Kanadalik sportchi Yevgeniya Medvedevaga turmushga chiqishni taklif qildi

Kanadalik figurist Nam Nguyev rossiyalik sportchi Yevgeniya Medvedevaga turmushga chiqishni taklif qildi. Medvedeva bunga javob qaytardi.
Sputnik

TOShKENT, 13-may – Sputnik. Figurali uchish bo‘yicha ikki karra jahon chempioni Yevgeniya Medvedeva turmushga chiqish hazil taklifiga javob berdi.

O‘n to‘qqiz yoshli Medvedeva Instagram sahifasida yangi video joylashtirdi.

Ushbu video ostida kanadalik figurist Nam Nguyev Medvedevaga tushmushga chiqishni taklif qildi: “Sen menga turmushga chiqasanmi?”, - deb yozgan sportchi.

Rossiyalik sportchi ushbu izohga “keyingi hayotda” deya javob qaytaradi.

Medvedeva 2018/2019 mavsum yakuni bo‘yicha ISU reytingida yakka figuristkalar orasida uchinchi o‘rinni zabt etdi.