Toshkentda kanal bo‘yida yangi saylgoh barpo etildi

"Damashi" kanali qirg‘oq bo‘yida "Soy bo‘yi" saylgohi tashkil etildi. U yerda restoranlar, kovorking markazi, fitness klub va boshqa obyektlar bor.
Sputnik

TOShKENT, 12-may – Sputnik. Toshkentning Olmazor tumanida “Damashi” kanalining uzunligi 1 100 metr bo‘lgan qirg‘oq bo‘yida obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib, “Soy bo‘yi” sayilgohi barpo etildi, deb xabar qilmoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Kanal qirg‘oq bo‘yi hududi 7 ta alohida bo‘laklarga bo‘linib u yerlarda tadbirkorlar restoranlar, dam olish maskanlari, Kovorking markazi, fitness klubi va boshqa obyektlar barpo etildi. Ular orasida jahonga mashhur Eyfel va Piza minoralari, Luvr piramidasi va boshqa shunga o‘xshash obyektlar maketlari ham bor.

Toshkentda kanal bo‘yida yangi saylgoh barpo etildi

Shuningdek, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan tashabbus asosida parkka tutash hududda qulay kutubxona ham barpo etilgan.

“Soy bo‘yi” saylgohi Vazirlar Mahkamasining 30.07.2018 yilgi 616-F-sonli farmoyishiga asosan, Bosh Prokuratura tomonidan Majburiy ijro burosini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan barpo etilgan.

Toshkentda kanal bo‘yida yangi saylgoh barpo etildi

Eslatib o‘tamiz, 2019-yil boshida Toshket shahrida suv bo‘yida bir necha saylgohlar tashkil etish haqida e’lon qilingan edi. Unga ko‘ra 2019-yil oxiriga qadar Toshkentda suv bo‘ylarida yana bir necha saylgohlar ishga tushishi rejalashtirilgan.