Toshkentda bugun “o‘g‘rilar” ham “vaziyat egalari” ham yo‘q – sobiq jinoyatchi

“Ko‘cha” so‘zida bugun kriminal ma’no deyarli qolmagan - IIBB.
Sputnik

TOShKENT, 11-may – Sputnik. Toshkentda bugun “o‘g‘rilar” ham “vaziyat egalari” ham "kuzatuvchilar" ham yo‘q, - deb sobiq jinoiy hudud vakilining so‘zlarini keltiradi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, Toshkentda bugun “Ko‘cha” so‘zining ma’nosi ham o‘zgarib, unda kriminal ma’no deyarli qolmagan. Ushbu fikr tasdig‘i sifatida IIBB, sobiq jinoiy muhit a’zolaridan biri bo‘lgan, 52 yoshli Dilmurod K.ning (ismi o‘zgartirilgan) co‘zlarini keltirib o‘tgan.

“...Men ilgar bir necha bor turli xil jinoyatlar uchun sudlanib, uzoq vaqt ozodlikdan mahrum bo‘lganman. O‘zbekistonda bugun “o‘g‘rilar tushunchasi” ham, davlat hududida jinoiy muhitni tartibga solib turadigan hech qanday “vaziyat egalari” ham, “kuzatuvchilar” ham yo‘q. Bu endi qiziq emas. Menga bir nazar soling: biznes bilan shug‘ullanaman, hammasi qonun doirasida – butun madaniyatli dunyodagi kabi. Muammolar bo‘lib turadi, lekin ularni barchasini qonuniy hal etish mumkin”, - deydi Dilmurod K.

Aytish joizki, IIBB tomonidan yuqoridagi ma’lumot, ayrim internet saytlarda paydo bo‘lgan, hozir ham Toshkentda 90-yillarda Rossiyada bo‘lgani kabi “jinoiy guruhlar” tomonidan tadbirkorlardan “ulush undirish” amaliyoti saqlanib qolgani haqidagi, manbai noma’lum bo‘lgan, tasdiqlanmagan xabarlarni inkor etish maqsadida keltirilgan.