Toshkentda Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomidagi masjid ochildi

Shavkat Mirziyoyev yangi qurilgan masjidga tashrif buyurib, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf ilmiy merosini o‘rganishni tavsiya qildi.
Sputnik

TOShKENT, 11-may – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Toshkentning Chilonzor tumanidagi So‘galli ota ziyoratgohi yonida Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomida yangi qurilgan majmuaga tashrif buyurdi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.

Toshkentda Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomidagi masjid ochildi

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomidagi ulkan majmua 2 gektardan ziyod maydonda qurilgan bo‘lib, uning tarkibida masjid, konferens-zal, o‘quv xonalari muzey va tahoratxonalar joy olgan. Majmuaga yaqin joydagi So‘galli ota maqbarasi ham ta’mirlangan, atrofi tozalangan.

Eslatib o‘tamiz, bundan 1-yil oldin, 2018-yilning fevral oyida Shavkat Mirziyoyev ushbu joyga kelib, masjidni keng va ko‘rkam qilib qurish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi.

Toshkentda Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomidagi masjid ochildi

Ma’lumki, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy idorasi raisi, muftiy bo‘lgan. Turli diniy-ma’rifiy mavzularda yuzdan ziyod kitoblar yozib, islom dini mohiyatini to‘g‘ri yetkazish, odamlarning bilim va ma’naviyatini oshirishga katta hissa qo‘shgan.

Shavkat Mirziyoyev ushbu masjid Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomiga munosib bo‘lganini ta’kidlab u kishining ilmiy merosini o‘rganish, ma’rifat va odob-axloq mavzularida ko‘proq kitoblar chop etish, jamiyatimizdagi ma’naviy muhitni mustahkamlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.