Megan Markl va shahzoda Garri farzandini ilk marotaba ommaga ko‘rsatdi – foto

Megan va Garri avvaliga farzandlari dunyoga kelgandan so‘ng darhol fotosessiya o‘tkazmaslikka qaror qilishganini ma’lum qilishgan edi.
Sputnik

TOShKENT, 8-may – Sputnik. Buyuk Britaniya shahzodasi va uning rafiqasi Megan Markl yangi tug‘ilgan farzandini birinchi marta ommaga ko‘rsatdi.

Qayd etish joiz, Megan va Garri avvaliga farzandlari dunyoga kelgandan so‘ng darhol fotosessiya o‘tkazmaslikka qaror qilishganini ma’lum qilishgan edi.

Bugun baxtiyor yosh ota-ona o‘g‘lini qo‘lida tutib, Vindzor qasrida jurnalistlar oldiga chiqdi.

Megan Markl va shahzoda Garri farzandini ilk marotaba ommaga ko‘rsatdi – foto

Eslatib o‘tamiz, Britaniya shahzodasi Garri va uning rafiqasi Sasseksk gersoginyasi Megan oilasida birinchi farzand 6-may kuni dunyoga kelgan edi. Uning vazni 3 kilogrammni tashkil etgan.