Adliya vazirligi korrupsiya qarshi maxsus Telegram botni ishga tushirdi

Yuborilgan xabarlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda murojaat qiluvchining shaxsi qat’iy sir saqlanishi kafolatlanadi.
Sputnik

TOShKENT, 8-may – Sputnik. O‘zbekistonda Adliya vazirligi tomonidan korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlari haqidagi xabarlar o‘z vaqtida yetkazilishinini ta’minlash maqsadida telegram ijtimoiy tarmog‘ida “@antikorbot” nomli maxsus bot yaratildi.

Manoylo: Mirziyoyev korrupsiyaga qarshi yaxshi ishlaydigan tizimni vujudga keltirdi

Endilikda Adliya vazirligi va uning tizimidagi ta’lim muassasalarida noqonuniy ishlar, jumladan, korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlari haqida ushbu bot orqali xabar berish mumkin bo‘ladi.

Xabarda yuborilgan xabarlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi hamda murojaat qiluvchining shaxsi qat’iy sir saqlanishi kafolatlanishi qayd etilgan.