Kokorin va Mamayevga yakuniy sud hukmi chiqarildi

Sud Kokorin va Mamayevni bezorilik maqsadida odam sog‘lig‘iga yengil ziyon yetkazish harakatlarini sodir etishda aybdor deb topildi.
Sputnik

TOShKENT, 8-may – Sputnik. Moskva Presnenskiy sudi futbolchilar Kokorin va Mamayevga yakuniy hukmni chiqardi.

Sud Kokorin va Mamayevni bezorilik maqsadida odam sog‘lig‘iga yengil ziyon yetkazish harakatlarini sodir etishda aybdor deb topdi.

Ayblov hukmi bir soatdan ortiq vaqt o‘qildi.

Kokorin va Mamayevga yakuniy sud hukmi chiqarildi

Aleksandr Kokoringa 1-yil 6-yil, Pavel Mamayevga esa 1-yil 5 oy umumiy tartibdagi koloniya jazosi berildi.

Futbolchilar jazoni o‘tashda SIZOda bo‘lgan vaqti inobatga olinadi.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yil 8-oktabr kuni aka-uka Kokorinlar va Mamayev Moskvadagi qahvaxonalardan birida Minpromtorg mulozimi Denis Pak va “NAMI” tashkiloti rahbari Sergey Gaysinni kaltaklashgan edi.

Bu mojarodan biroz oldin esa “Perviy kanal” boshlovchisi Olga Ushakovaning haydovchisiga hujum qilishgandi.

Jabrlanganlar turli tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgandi.