To‘qqizinchi may kechasi Toshkentda bayram salyuti otiladi

Ta’kidlanishicha, poytaxt osmoni uzra mushakbozlik soat 21:00da Xalqlar do‘stligi maydonida yog‘du sochadi.
Sputnik

TOShKENT, 7-may - Sputnik. 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Toshkentda bayramona mushakbozlik o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Toshkentda Georgiy tasmalari tarqatiladi

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ushbu shou urush qatnashchilari va faxriylarning yurt tinchligi va ozodligi yo‘lida qilgan ulug‘ xizmatini sharaflash maqsadida tashkil etilmoqda.

“Bu bilan yoshlar ongiga 9-may – Xotira va qadrlash kunining ahamiyatini singdirish, g‘alabaga o‘z hissasini qo‘shgan, vatanimiz mustaqilligi uchun jonini, kuch-quvvatini ayamagan har bir faxriy, har bir kishi xotirasi abadiylashtirilishi, ularga munosib hurmat-ehtirom ko‘rsatilishini tushuntirish va targ‘ib etish ko‘zda tutilgan”, - deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, poytaxt osmoni uzra mushakbozlik soat 21:00da Xalqlar do‘stligi maydonida  yog‘du sochadi.