Maktab o‘quvchilari uchun maxsus mobil aloqa dasturini ishlab chiqish taklif qilindi

Murojaat muallifiga ko‘ra, kattalar uchun mo‘ljallangan aksariyat saytlarga kirish va ulardagi ma’lumotlardan foydalanish bolalar hamda o‘smirlar o‘rtasida avj olib bormoqda.
Sputnik

TOShKENT, 7-may – Sputnik. Maktab o‘quvchilari uchun maxsus “School mobile”  mobil aloqa dasturini ishlab chiqish taklif qilindi.

Toshkentda hind tilini o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab ochiladi

Bu haqda “Mening fikrim” portalida tegishli petitsiya joylashtirildi.

Petitsiyada aytilishicha, maktab o‘quvchilari uchun maxsus “School mobile” dasturiy vositalari yaratish va tatbiq qilish zarur.

Dastur asosida ishlaydigan mobil aloqa vositalarida quyidagi qulayliklar va cheklovlar bo‘lishi lozim.

Dasturning imkoniyatlari: turli tillardagi lug‘atlar;  dars jarayonida kerak bo‘lishi mumkin bo‘lgan dastur va ilovalar;  interaktiv va intelektual o‘yinlarga asoslangan maxsus dasturlar.

Dasturdagi cheklovlar:  internet tarmog‘iga ulanish imkoniyati; videoroliklar ko‘rish imkoniyati cheklanadi.

Petitsiya muallifi fikriga ko‘ra, “School mobile” mobil aloqa dasturi ta’lim maskanlarida mobil aloqa vositalarini taqiqlashdan ko‘ra ko‘proq samara berib, dars vaqtida o‘quvchining diqqatini jamlashi, chuqur bilim olishiga xizmat qiladi.