Burgutning baliqqa tashlanishi hammani lol qoldirdi

Norvegiyada yirtqich qushning antiqa uslubda baliq ovlashi videoga olindi.
Sputnik

TOShKENT, 7-may – Sputnik. Burgut osmonga tashlangan baliqni tutishi tasvirga olingan video internetda keng tarqalmoqda.

Bu holatni norvegiyalik baliqchilar tasvirga olishdi.

Videoda baliqchilar qayiq ustidan uchgan burgut baliq tutishi aks etgan.

Video rolik Svolver kurort shahrining Fasebook sahifasida joylashtirildi.

Bir necha kun ichida bu video 10 million marta tomosha qilindi.