TOShKENT, 6-may — Sputnik. Hyundai kompaniyasi bilan hamkorlikda “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasida elektromobillar ishlab chiqariladi.
Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bu boradagi loyiha Shavkat Mirziyoyevning Farg‘ona shahridagi Listem-Fergana qo‘shma korxonasiga tashrifi davomida taqdim etilgan.
Ta’kidlanishicha, shu yerda Hyundai kompaniyasi bilan hamkorlikda “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasida elektromobillar ishlab chiqarish, Vodil ko‘mir konida ko‘mir qazib chiqarish, toshdan ekologik toza qog‘oz ishlab chiqarishga oid rejalar, “Farg‘onaazot” va “Qo‘qonsuperfosfat” aksiyadorlik jamiyatlarini modernizatsiya qilishga qaratilgan loyihalar muhokama qilingan.
Shavkat Mirziyoyev loyihalarni ma’qullab, ularni amalga oshirishda sifat va muddatga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidlagan.