TIV: Sheremetyevoda halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q

Bu ma’lumotni tergov olib borayotgan huquqni muhofaza qilish organlari mamlakatning Rossiyadagi Elchixonasi Konsullik bo‘limiga tasdiqlagan.
Sputnik

TOShKENT, 6-may - Sputnik. O‘zbekiston TIV Moskvadagi “Sheremetevo” aeroportiga samolyotning favqulodda qo‘nishi yuzasidan bayonot berdi.

Sheremetyevo aeroportida "Aeroflot"ga qarashli samolyot yonib ketdi – video

TIV xabariga ko‘ra, 2019-yilning 6-may kuni ertalab holatiga ko‘ra 5-mayda Moskvadagi “Sheremetevo” aeroportiga samolyotning favqulodda qo‘nishi natijasida qurbon bo‘lganlar va jarohatlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q.

“Bu ma’lumotni tergov olib borayotgan huquqni muhofaza qilish organlari mamlakatimizning Rossiyadagi Elchixonasi Konsullik bo‘limiga tasdiqladi”, - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, biroz avval O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Moskva shahrining "Sheremetyevo" aeroportida samolyotning favqulodda qo‘nishi oqibatida insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinga hamdardlik maktubi yo‘llagani haqida xabar bergan edik