Ramazon oyida Toshkentdagi ayrim ko‘chalar kechasi yopiladi

Ramazon oyi kunlarida har kuni soat 20.00 dan 24.00 gacha poytaxtning ayrim ko‘chalari yopiladi.
Sputnik

TOShKENT, 6-may – Sputnik. Toshkent shahar IIBBRamazon oyida Toshkentdagi ayrim ko‘chalar kechasi yopilishi haqida xabar qildi. 

2019 yil uchun zakot, fitr sadaqa va fidya miqdori e’lon qilindi

Yo‘l harakati xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlash, shuningdek masjidlar qavmlari uchun qulaylik yaratish maqsadida muborak Ramazon oyi kunlarida har kuni soat 20.00 dan 24.00 gacha quyidagi ko‘chalar transport vositalarining harakati uchun berkitiladi:

Olmazor tumani:

Keles ko‘chasi – Noraztepa ko‘chasidan Sog‘bon ko‘chasi, 2-berk ko‘chasigacha;

Sergeli tumani:

Qipchoq ko‘chasi – Yangi Sergeli ko‘chasidan temiryo‘l o‘tish joyi va U. Mahmudov ko‘chasigacha ;

Uchtepa tumani:

Lutfiy ko‘chasi – Katta Xirmontepa ko‘chasidan Katta Qani ko‘chasigacha;

Chilonzor tumani:

Al-Xorazmiy ko‘chasi – Katta Xirmontepa ko‘chasidan Katta Qani ko‘chasigacha;

Shayxontoxur tumani:

Mannon Uyg‘ur ko‘chasi – Nurafshon ko‘chasidan Beshqayrag‘och ko‘chasigacha va Oqsoy ko‘chasining bir qismi;

Yakkasaroy tumani:

Yakkasaroy ko‘chasi – Bog‘ibo‘ston ko‘chasidan S. Nasafiy ko‘chasigacha;

Yashnobod tumani:

Farg‘ona yo‘li ko‘chasiga tutashgan ikkinchi darajali yo‘l – M. Ashrafiy ko‘chasidan Norxo‘jayev ko‘chasigacha.

"Barchadan muborak Ramazon oyi kunlarida avtotransport vositalarni masjidlar yonida boshqalarning yo‘lini to‘sgan holda qoldirmasdan, Toshkent shahar hokimiyati va IIBB tomonidan maxsus tashkillashtirilgan joylarda qoldirishni so‘raymiz. Imkon qadar shahar jamoat transportlari xizmatlaridan foydlalanishingizni so‘rab qolamiz, - deyiladi IIBB xabarida.