TOShKENT, 6-may – Sputnik. UFC chempioni Habib Nurmagomedovning agenti Ali Abdel-Aziz jangchining shu yilgi rejalari haqida so‘zlab berdi, deb xabar qildi ESPN.
“U menga alohida topshiriq berdi. U menga 7-sentabrda jang o‘tkazishni xohlashini aytdi, keyin dekabrda. Agar Djord Sent-Pyer UFC bilan o‘z ishini hal qilsa - yana bir jang o‘tkazamiz”, - deb ta’kidladi Abdel-Aziz.
Bundan avval Nurmagomedov agar Zubayra Tuxugov va Abubakar ringa qaytadigan bo‘lsa sentabr oyida jang o‘tkazishini aytgandi. Chunki ular Habib deb chetlashtirilgandi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 29-yanvar kuni AQShning Nevada shtatida Atletika komissiyasining UFC 229 jang oqshomida yuz bergan janjal yuzasidan sud eshituvi bo‘lib o‘tdi.
Komissiya qaroriga ko‘ra, jang oqshomida janjal uyushtirgan Habib Nurmagomedov 9 oyga janglardan chetlatilib, unga 500 ming dollar miqdorida jarima to‘lash majburiyati yuklatilgan edi.
Shuningdek, Habibning amakivachchasi Abubakar Nurmagomedov va uning do‘sti Zubayra Tuxugov ham 1-yilga chetlatilib, ularga 25 ming dollardan jarima to‘lashlari belgilangan edi.