AQSh lazer qurolni sinovdan o‘tkazdi

AQSh havo harbiy kuchlari lazer qurol yordamida havoda raketani urib tushirishdi.
Sputnik

TOShKENT, 6-may – Sputnik. AQSh harbiy havo kuchlari lazer quroli prototipini sinovdan o‘tkazishdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Sinov 23-aprelda Nyu-Meksiko shtatidagi “Oq qumlar” poligonida amalga oshirildi.

Qurilma havoda bir nechta raketalarni urib tushirdi.

Lockheed Martin kompaniyasi lazer qurolni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanmoqda.

Ta’kidlanishicha, bu lazer majmuasidan AQSh qiruvchi samolyotlarining xavfsizligini ta’minlashda, xususan “havo-havo” va “yer-osmon” raketalarni to‘xtatishda foydalaniladi.

Harbiylar mazkur tizimni 2020-yilning ikkinchi yarmida qabul qilishni rejalashtirishmoqda.