AQShning eng go‘zal ayoli tanlandi - fotosuratlar

“Miss AQSh-2019” tanlovida turli kasb egalari, xususan o‘qituvchilar, hamshiralar va hatto harbiy ayollar ham qatnashdi.
Sputnik

TOShKENT, 5-may  — Sputnik. “Miss AQSh - 2019” sovrini Shimoliy Karolinada istiqomat qiluvchi 28 yoshli Chesli Kristga nasib qildi.

Bu haqda USA Today nashri xabar qildi.

Tanlov Nevada shtatining Rino shahrida o‘tkazildi.

Mamlakatning eng go‘zal ayoli tanlovida turli kasb egalari, xususan o‘qituvchilar, hamshiralar va hatto harbiy ayollar ham qatnashdi.

Ta’kidlanishicha, Krist advokat bo‘lib ishlaydi, shuningdek, u Ueyk-Forest universitetida olgan MBA darajasiga ega.

Shu bilan birga, Krist White Collar Glam moda blogining asoschisi ham hisoblanadi.

Go‘zallik tanlovida ikkinchi o‘rin Alexanda Gonsales, uchinchi o‘rin Triane Braunga nasib qildi.

Shu yil aprel oyi o‘rtalarida Sputnik "Miss Rossiya 2019" unvoni Azov shahrida tug‘ilgan Alina Sankoga nasib qilgani haqida xabar bergandi.

Alina Sankoga oq tilladan tayyorlangan va qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan toj hamda 3 million rubl pul mukofoti bilan taqdirlandi.  

AQShning eng go‘zal ayoli tanlandi - fotosuratlar

Shuningdek, Sankoga Rossiya nomidan xalqaro go‘zallik tanlovlarida ishtirok etish huquqi berildi.