TOShKENT, 4-may – Sputnik. Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati Toshkentdagi A.Qodiriy ko‘chasida bezorilik qilib haydovchini kaltalagan shaxs qo‘lga olingani haqida xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, 2018-yil 2-dekabr kuni vaqtincha Toshkent shahrining M.Ulug‘bek tumanida yashovchi B.T. o‘zining “Cobalt” rusumli avtomashinasini A.Qodiriy ko‘chasida haydab ketayotgan vaqtida, shu yerda harakatlanib borayotgan noma’lum shaxs boshqaruvidagi davlat raqamlari aniqlanmagan “Lacetti” rusumli avtomashinasi bilan yo‘l talashgan.
Natijada noma’lum shaxs avtomashinani to‘xtatib, bezorilik oqibatida B.T.ni yuziga qo‘llari bilan urib, jarohat yetkazgan va voqea joyidan yashiringan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni M.Ulug‘bek tumani Qorako‘l ko‘chasida yashovchi R.T. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.
Tergov harakatlari davom etmoqda.