TOShKENT, 4-may – Sputnik. Rossiya fuqarosi Qirg‘izistondagi “Manas” xalqaro aeroportida o‘z joniga qasd qilishga urindi.
Qirg‘iziston davlat chegara xizmati xabarida aytilishicha, voqea 3-may kuni sodir bo‘ldi.
"Bishkek-Istanbul" reysidan yo‘lovchilardan biri “noo‘rin hatti-harakatlari” sababli parvozdan qoldirildi, keyinchalik u o‘z joniga qasd qilishga harakat qildi.
Ta’kidlanishicha, bu erkak ko‘rikdan o‘tish joyida tartibsizlik qilib, chegarachilarga hujum qildi.
Rossiya fuqarosi transport politsiyasiga topshirildi.