Braziliyada ulkan anakonda yo‘lni to‘sib qo‘ydi - video

Anakonda uzunligi 3 metr og‘irligi esa 30 kilo bo‘lgan.
Sputnik

TOShKENT, 4-may – Sputnik. Braziliyaning Portu-Velyu shahrida avtomobil yo‘lni ulkan ilon to‘sib qo‘ydi.

Uch metrli ilon o‘rmondan chiqib, asta-sekinlik bilan avtomobil yo‘l tomon harakatlanadi.

Anakonda shunchalik katta bo‘lganki, yo‘l trassada haydovchilar mashinalarni to‘xtatishga majbur bo‘lishdi.

Anakondaning uzunligi 3 metr, og‘irligi esa 30 kilo bo‘lgan.

Haydovchilar mashinalardan chiqib, ilonni suratga olishga shoshiladilar.

Internetga joylashtirilgan videolar qisqa vaqt ichida ko‘p marta ko‘rildi.