AQShda Boeing 737 samolyoti daroga tushib ketdi

Havo kemasida 143 nafar yo‘lovchi bo‘lgan.
Sputnik

TOShKENT, 4-may – Sputnik. Floridada Miami Air aviakompaniyasiga tegishli bo‘lgan Boeing 737 samolyoti qo‘nish vaqtida uchish-qo‘nish maydonidan chetga chiqib, daroga tushib ketdi.

“Bortda 136 yo‘lovchi va 7 nafar ekipaj a’zolari bo‘lgan. Yengil jarohatgan yo‘lovchilarga joyida yordam berildi. Qo‘shimcha tibbiy yordam kerak bo‘lgan yo‘lovchilar esa mahalliy shifoxonaga yotqizildi. Halok bo‘lganlar yo‘q”, - deyilgan xabarda.

Mahalliy politsiya xabariga ko‘ra, 21 nafar kishi shifoxonaga yotqizildi.

Samolyot Kuba Guantanamodagi harbiy-dengiz bazasidan uchgani ta’kidlanmoqda.