Markaziy Osiyo mamlakatlari qay tariqa investitsiyalarni jalb qilishlari mumkin - ekspert

Rossiya Federatsiyasi prezidenti huzuridagi xalq xo‘jaligi va davlat xizmati akademiyasi(RANXiGS)ning iqtisod va moliya kafedrasi dotsenti Alisen Alisenov Markaziy Osiyo mamlakatlari qanday qilib tranzit va biznesdan tashqari, iqtisodni rivojlantirishlari mumkinligi haqida fikr bildirdi
Sputnik

Sputnik Qozog‘iston radiosi efirida ekspert Ostonadagi xalqaro moliya markazi investorlar uchun moliya manbasi sifatida xizmat qilishi mumkinligini qayd etdi.

Markaziy Osiyo mamlakatlari qay tariqa investitsiyalarni jalb qilishlari mumkin - ekspert

Alisenovning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston poytaxtida tashkil qilingan "Ostona" xalqaro moliya markazi mintaqa mamlakatlariga tranzit va biznesni rivojlantirishga yordam beradi.

"Islom olami tomonidan katta stavka amalga oshirilmoqda, 2021-yilga borib prognoz qilinayotgan hajm uch trillionov rublga yetadi (7,8 milliard dollardan ko‘proq)… Bizning mamlakatlarimiz oldida turgan asosiy masalalardan biri xom-ashyo tobeligidan uzoqlashish, iqtisod diversifikatsiyasidir. To‘g‘ri, biz turfa davlatlarmiz, iqtisodlarimiz ham turlicha, o‘z oldimizda turgan masalalar yechimiga turlicha yondashamiz. Lekin bizlarning maqsadimiz bitta", - dedi iqtisodchi.