TOShKENT, 30 apr – Sputnik. Hindiston armiyasi Ximolay tog‘larida yeti - qorli odamning izlari topilgani haqida xabar qilishdi.
Ko‘pchilik olimlar yeti mavjudligiga shubha bilan qaraydi.
Shu yil 9-aprelda alpinistlar Makalu lageri oldida 32x15 duymli oyoq izlarini topishdi.
“Bu tutib bo‘lmaydigan qorli odamni birinchi marta Makalu-Barun milliy bog‘ida ko‘rishgan”, - deb yozishgan harbiylar tvitterda.
Xabarga ilova qilingan fotosuratlarda qorda ulkan oyoqning izini ko‘rish mumkin.