Rossiyada maktab o‘quvchilari o‘zbekistonlikka yo‘qotgan 220 ming rubl pulini topib berishdi

Rossiyaning Salexard shahrida O‘zbekiston fuqarosiga yo‘qotgan pulini topib berishda yordam bergan maktab o‘quvchilari taqdirlandi.
Sputnik

TOShKENT, 29 apr — Sputnik. Rossiyaning Salexard shahrida O‘zbekiston fuqarosiga yo‘qotgan pulini topib berishda yordam bergan maktab o‘quvchilari taqdirlandi. Bu haqda Rossiyaning Yamal-Nenes avtonom okrugi IIVB matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Rossiyada maktab o‘quvchilari o‘zbekistonlikka yo‘qotgan 220 ming rubl pulini topib berishdi

Gimnaziya o‘quvchilari mashg‘ulotlardan qaytayotgan vaqtda ko‘chada unutib qoldirilgan paketni topib olishadi. Paket ichida O‘zbekiston fuqarosi pasporti, boshqa hujjatlar va ichida ko‘p miqdorda puli bo‘lgan hamon bo‘lgan. Ikki o‘smir ushbu topilmani zudlik bilan politsiya bo‘limiga olib borishadi.

Xabarda qayd etilishicha, paket ichidagi barcha hujjat va pullar bilan egasiga allaqachon qaytarilgan. O‘zbekiston fuqarosiga hujjat va pullarini qaytarishda yordam bergan bolalarga minnatdorchilik izhor etilgan va ularga IIVBning qimmatbaho sovg‘alari topshirilgan.