“O‘zbekneftgaz” raisi Xitoydagi neft-gaz anjumanida nutq so‘zladi

“O‘zbekneftgaz” rahbariyati “Bitta belbog‘, bitta yo‘l” forumida neft-gaz sohasida hamkorlik masalalarini muhokama qildi.
Sputnik

TOShKENT. 28 apr – Sputnik. “O‘zbekneftgaz” rahbariyati “Bitta belbog‘, bitta yo‘l” forumida neft-gaz sohasida hamkorlik masalalarini muhokama qildi, “O‘zbekneftgaz” AJ raisi Sidiqov Baxodirjon Baxromovich davra suhbari ishtirokchilari oldida nutq so‘zladi, deb xabar qilmoqda kompaniya matbuot xizmati.

“Bitta belbog‘, bitta yo‘l”  xalqaro forumining voqealarga boy bo‘lgan dasturining ikkinchi kunida, Xitoy Milliy neftg‘gaz kompaniyasi(CNPC) tomonidan tashkil qilingan  neft-gaz sohasida hamkorlik qilishga qaratilgan davra suhbati bo‘lib o‘tdi, - deyilgan xabarda.

Eslatb o‘tamiz, bu yil “Bitta belbog‘, bitta yo‘l” xalqaro forumi doirasida neft-gaz sohasida hamkorlikni muhokama qilingan bag‘ishlangan davra suhbati ikkinchi marotaba bo‘lib o‘tmoqda. 

Ushbu uchrashuvda dunyoning yirik neft va gazmpaniyalari hamda moliya institutlari rahbarlari ishtirok etishdi. Ular orasida CNPC, Sinopec, Ipak yo‘li fondi (XXR), Xitoy Eksport-import banki, “Gazprom” (Rossiya), Cheniere Energy Inc. (AQSh), “KazMunayGaz” (Qozog‘iston), ADNOC (BAA) va boshqalar.