Nazarbayev Xitoyda Jeki Chan bilan uchrashdi

Jeki Chan Qozog‘istonda film suratga olishni orzu qilayotgani haqida Nazarbayevga aytib berdi.
Sputnik

TOShKENT, 28 apr - Sputnik.  Nursultan Nazarbayev Xitoyda mashhur aktor Jeki Chan bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda Akorda nashri.

Nazarbayev Xitoyda Jeki Chan bilan uchrashdi

Uchrashuvda mashhur xitoylik aktor ijodiy jamoasining bir necha a’zolari ham ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida Nazarbayev Jeki Channing dunyo kinematografidagi muhim rolini qayd etib, “Men, siz kabi mashhur aktor bilan uchrashishdan juda mamnunman. Sizni butun dunyoda yaxshi tanishadi”, - dedi Yelbasi.

“Jeki Chan esa, o‘zining yaqin yillardagi ijodiy rejalari hamda kino sohasida birgalikda amalga oshirish mumkin bo‘lgan loyihalar haqida so‘zlab berdi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston Birinchi prezidenti Xitoyda bo‘lib o‘tgan “Bitta belbog‘, bitta yo‘l” forumida ishtirok etish uchun tashrif buyurgan edi.

Nazarbayev Xitoyda Jeki Chan bilan uchrashdi

2017 yilda Jeki Chan Qozog‘istonga Xitoy kinosi festivalining ochilish marosimida ishtirok etish uchun tashrif buyurgan edi. O‘shanda Jeki Chan “Qozog‘istonning takrorlanmas tabiati haqida ko‘p etishganini va bir necha yildan beri shu yerda kino suratga olishni orzu qilayotgani” haqda gapirgan edi.

Nazarbayev Xitoyda Jeki Chan bilan uchrashdi