Habib Nurmagomedov yana ayiq bilan kurash tushdi - video

UFC chempioni Habib Nurmagomedov ayiq bilan kurash tushgani tasvirga olingan video paydo bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 27 apr  — Sputnik. Internetda UFC chempioni Habib Nurmagomedov ayiq bilan kurash tushgani tasvirga olingan yangi video paydo bo‘ldi.

Nurmagomedov Makgregorning “pensiyaga ketishi” haqidagi bayonotiga munosabat bildirdi

Videoda sportchi ayiq bilan hazil tariqasida kurash tushganini ko‘rish mumkin. Sportchi go‘zal tog‘lar fonida suratga tushgan.

Mazkur video qachon tasvirga olingani noma’lum, biroq Nurmagomedov uni 25-aprelda Instagram sahifasiga joylashtirdi.

Sportchi videoga “Mening eski do‘stim bilan” deya izoh yozgan.

Bundan avval internetda 9 yoshli Nurmagomedov ayiq bolasi bilan kurash tushgani tasvirga olingan video paydo bo‘lgandi. Video 1997-yilda Maxachkalada olingan.

Sputnik yengil vazn toifasida UFC chempioni rossiyalik Habib Nurmagomedov navbatdagi jangini 2019-yil sentabr oyida o‘tkazishi haqida xabar qilgandi.

Sportchining amakivachchasi Abubakar Nurmagomedov va uning do‘sti Zubayra Tuxugov ham oktagonga qaytishini aytib o‘tgandi.