Toshkentda o‘tkazilgan go‘zallik tanlovida qozog‘istonlik model g‘olib bo‘ldi

“Miss Union Fashion-2019” tanlovida Rossiya, Belarus, Isroil, Qozog‘iston, Tojikiston va Ukrainadan qizlar qatnashdi.
Sputnik

TOShKENT, 26 apr – Sputnik. Toshkent shahrida 25-aprel kuni o‘tkazilgan “Miss Union Fashion—2019” xalqaro tanlovi final bosqichida qozog‘istonlik model 24 yoshli Aziza Tokasheva g‘olib bo‘ldi.

Bu haqda “Nur.kz” axborot portali xabar qildi.

Xabarda yozishicha, 24 yoshli Aziza mutaxassisligi bo‘yicha moliyachi, ammo modelning qiziqishlari ko‘p: balet, tennis, kitob o‘qish, ot minish va yoga.

Tokasheva bundan avval Filippinda o‘tkazilgan Miss Intercontinental tanlovi g‘olibi bo‘lgan edi.

“Miss Union Fashion-2019” tanlovida Rossiya, Belarus, Isroil, Qozog‘iston, Tojikiston va Ukrainadan kelgan qizlar qatnashdi.

Shuningdek, tanlovda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Ozarbayjon va Buyuk Britaniya dizaynerlarining ijod namunalari namoyish qilindi.