O‘zbekistonda bahaybat baliq ovlandi

Bu baliqni suvdan chiqarib olish uchun bir kishining kuchi yetmagan. Baliqni chiqarib olish uchun bir necha kishi yordamga chaqirilgan.
Sputnik

TOShKENT, 25 apr - Sputnik. O‘zbekistondagi noqulay ob-havo sharoitiga qaramasdan, mahalliy baliqchilar o‘zlarining sevimli ishlari bilan shug‘ullanishda davom etishmoqda. Masalan, kecha ulardan biri kattaligi qo‘ydek keladigan baliqni ovlashga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda "Potrebitel.uz" xabar qilmoqda.

Kanallarda baliq yetishtirish tartibi belgilandi

Baliqchilarning so‘zlariga ko‘ra, baliq Tuyabo‘g‘iz suv omborida tutilgan va uni bir necha kishi suvdan chiqarib olgan. Chunki bu baliqni suvdan chiqarib olish uchun bir kishining kuchi yetmagan.

“Baliq tortib ko‘rilganda uning og‘irligi 35 kilogrammni tashkil etdi”, - deyishdi baliqchilar.

Shuningdek, Baliqchilar hozirda Tuyabo‘g‘iz suv ombori va uning atrofidagi kanallarda baliq ovlash yaxshi ekanligini qayd etishgan.

Xo‘sh, baliq oviga boramizmi?

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning iyun oyida Xitoyning Guyan shahrida baliqchilar mutant baliqni ovlashgan edi. Baliqning boshi qush boshini eslatadi.