Qozog‘iston prezidentligiga ayol kishi nomzodi qo‘yildi

“Ak-Jol” partiyasi vakili Daniya Yespayeva Qozog‘iston prezidentligiga birinchi ayol nomzod bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 25 apr – Sputnik. Qozog‘istondagi “Ak-Jol” partiyasi Daniya Yespayevani prezidentlikka nomzod sifaida ilgari surdi, deb xabar qilmoqda mahalliy OAVlar.

Nazarboyev kimni prezidentlikka nomzod sifatida ilgari surgani ma’lum bo‘ldi

Daniya Yespayeva Qozog‘iston prezidentligiga birinchi ayol nomzod bo‘ldi. Yespayeva 1961-yilda Oqto‘be viloyatida tug‘ilgan. 1982-yilda Olma-Ota hisob-kredit texnikumini 1993-yilda Davlat boshqaruv Akademiyasini bitirgan. Mutaxassisligi – iqtisodchi.

Daniya Yespayeva asosiy ish faoliyatini banklarda o‘tkazshgan – umumiy hisobda 34-yil, undan 17-yil boshqaruvchi lavozimlarida.

Yespayeva “Kurmet” ordeni va Qozog‘iston mustaqilligining 20-yilligi – davlat mukofotlari bilan taqdirlangan.

Bugungi kunda Daniya Yespayeva “Kazkommersbank”ning Oqto‘be filiali boshqaruvchisi lavozimida ishlaydi. Jamoat ishlarida va xayr-ehson aksiyalarida faol ishtirok etib kelmoqda.

Oilaviy ahvoli – ajrashgan, 2ta farzandi bor, yoshi – 58da.