Uzoq kutilgan uchrashuv: Putin va Kim Chen In nimalarni muhokama qildi

Rossiya va KXDR yetakchilarining muzokaralari 3,5 soatdan ortiq vaqt bo‘ldi, ulardan 2 soat yetakchilar tet-a-tet suhbatlashishdi.
Sputnik

TOShKENT, 25 apr – Sputnik. Vladivostokda Rossiya va KXDR yetakchilarining birinchi sammiti o‘z yakuniga yetdi.

Kim Chen In - sirli va sertabassum odam

Muzokaralar 3,5 soatdan ortiq vaqt bo‘ldi, ulardan 2 soat yetakchilar yuzma-yuz suhbatlashishdi.

“Biz davlatlararo munosabatlar tarixi haqida gaplashishga muvaffaq bo‘ldik, bugungi kun, kelgusida ikki tomonlama munosabatlari istiqbollari haqida gaplashdik”, - dedi Rossiya yetakchisi.

Shuningdek, davlat rahbarlari Koreya yarimorolidagi vaziyatni muhokama qilishdi.

“Biz vaziyatni yaxshilash uchun nima qilish kerakligi xususida fikr almashdik”, - deb qo‘shimcha qildi Putin.

Uchrashuv Russkiy orolidagi Uzoq Sharq federal universtiteti binosida o‘tkazildi.  

Eslatib o‘tamiz, bu Kim Chen Inning Koreya rahbari lavozimiga qayta saylanganidan so‘ng amalga oshirilgan birinchi xorijiy tashrifdir.

Siyosatshunos: Putin va Kim Chen In muzokaralari – AQSh uchun yoqimsiz surpriz

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Vladivostok shahriga kecha 24-aprel kuni 230 kishilik delegatsiya bilan yetib kelgandi.

Shimoliya Koreya rahbari Rossiyaga tashrifini zirhlangan poyezdda amalga oshirmoqda.

Ushbu poyezdni Kim Chen Inning bobosi, KXDRning birinchi yetakchisi, Kim Ir Senga Iosif Stalin sovg‘a qilgan.

Zirhlangan poyezd haqida ma’lumot uncha ko‘p emas, lekin shunisi aniq-ki, ushbu poyezd granatomet, gaz hujumi va havo hujumidan himoyalangan. Poyezd tarkibida vagon-garaj, 2 ta restoran, majlislar xonasi, qo‘riqchilar xonasi, elektr stansiya bor.