Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinni O‘zbekistonga taklif qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoyga tashrifining birinchi kunida Si Szinpin bilan uchrashdi.
Sputnik

TOShKENT, 25 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun ertalab Pekinda Xitoy raisi Si Szinpin bilan uchrashdi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

Uchrashuvda Xitoy rahbari Shavkat Mirziyoyevni “Bir makon, bir yo‘l” forumiga tashrifi bilan qutlab, Xitoy va O‘zbekiston hamkorligining bugungi holatini yuksak qadrlashini ta’kidladi.

"Hurmatli Prezident, Siz birinchi forumda ham ishtirok etganingizni mamnuniyat bilan eslayman. Shu ma’noda, Sizni “Bir makon, bir yo‘l” xalqaro forumi asoschilaridan biri sifatida qabul qilamiz. O‘zbekistonning forumga e’tibori va undagi ishtiroki mamlakatlarimiz hamkorligi rivojidan dalolat beradi. Ikki tomonlama ko‘plab kelishuvlarga erishilgan va ular izchil amalga oshirilmoqda. Ishonchim komilki, O‘zbekiston - Xitoy munosabatlarining istiqboli porloq", - dedi Si Szinpin.

Shavkat Mirziyoyev o‘z navbatida Si Szinpinni va mamlakat xalqini yaqinlashib kelayotgan muhim sana – Xitoy Xalq Respublikasi tashkil etilganining 70-yilligi bilan muborakbod etdi.

Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinni O‘zbekistonga taklif qildi

Shuningdek, O‘zbekiston “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusini to‘liq qo‘llab-quvvatlashi va uning keng ko‘lamda amalga oshirilishiga amaliy hissa qo‘shishga tayyor ekanini ta’kidladi.

Uchrashuv yakunida Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinni davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga kelishga taklif etdi.

Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinni O‘zbekistonga taklif qildi

Eslatib o‘tamiz, Xitoy – O‘zbekistonning har tomonlama strategik sherigi va eng yirik savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy sheriklaridan biri. O‘zaro tovar ayirboshlash izchil o‘smoqda. O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra uning hajmi 6,4 milliard dollardan, joriy yilning birinchi choragida esa 50 foizga oshgan.

Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinni O‘zbekistonga taklif qildi