Mutlaqo yangi bosqich: Sergey Sib Toshkentdagi Expo-Russia ko‘rgazmasining ilk yakunlari haqida

Rossiya sanoat va savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Sergey Sib Sputnik O‘zbekistonga bergan intervyusida Toshkentdagi Expo-Russia ikkinchi ko‘rgazmasi doirasida erishilgan birinchi kelishuvlar yakunlari haqida so‘zlab berdi.
Sputnik

Rossiya sanoat va savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Sergey Sib Sputnik O‘zbekistonga bergan intervyusida Toshkentdagi ikkinchi Expo-Russia ko‘rgazmasida tibbiyot va innovatsiyaga alohida e’tibor qaratilganini ma’lum qildi.

Sergey Sib so‘zlariga ko‘ra, ikkinchi o‘zbek-rus forumi ikki tomonlama munosabatlarni hamkorlikning mutlaqo yangi bosqichiga olib chiqqan.

Rossiya O‘zbekistonda sun’iy yonilg‘i ishlab chiqarish zavodi quradi

“Biz ham Rossiya ham O‘zbekiston kompaniyalarining turli sohalarda qiziqishlari borligi ko‘rapmiz. Bu yengil sanoat, innovatsiyalar, tibbiyot va farmatsevtika sohalaridir. Allaqachon ikki tartibga soluvchilar o‘rtasida dori vositalaridan foydalanish sohasida bitim imzolandi. Shu bilan birga, biz Rossiya tibbiyot asbob-uskunalari, gajetlari yoki dori-darmonlarni yetkazib berishni rivojlantirish bilan cheklanib qolmasdan, kompaniyalar o‘rtasidagi sherikchilikni ham yo‘lga qo‘yish niyatidamiz”, - dedi Sputnik O‘zbekiston muxbiri bilan bo‘lgan suhbatda.

Vazir o‘rinbosari hozirda forumning ayni qizigan pallasi ekanligini qo‘shimcha qildi, shuning uchun batafsil natijalari forum yakunida ma’lum bo‘ladi. Biroq, hozirning o‘zida ushbu uchrashuvning salmoqli natijalari ma’lum .

Expo-Russia – Uzbekistan 2019 ikkinchi ko‘rgazma 2019-yil 24-26 aprel kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tmoqda. Forumda Rossiyaning 11 mintaqasidan kelgan delegatsiya a’zolari hamda Rossiyaning 30 yaqin subyektlarining 500 tacha kompaniya va tashkilotlari ishtirok etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kecha Toshkentda boshlangan Expo-Russian Uzbekistan-2019 ko‘rgazmasi Rossiyaning "Zarubej-Ekspo" OAJ, Rossiya Eksport markazi, Xalqaro tinchlik fondlari assotsiatsiyasi va O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi ishtirokida tashkil etilgan.

Ma’lumot uchun, Rossiya O‘zbekistonning eng yirik savdo hamkorlaridan biridir. Rossiya tomonidan O‘zbekiston iqtisodiga kiritilgan sarmoyalar 9 milliard dollar atrofida. Ikki mamlakat orasida savdo aylanmasi 6 milliard dollarga yaqin.