Kim Chen In va Putin bir-biriga nima sovg‘a qildi - video

Vladimir Putin Kim Chen Inga shamshir va yo‘l choy servizini sovg‘a qildi.
Sputnik

TOShKENT, 25 apr – Sputnik. KXDR yetakchisi Kim Chen In Rossiya prezidenti Vladimir Putinga an’anaviy koreys qilichini sovg‘a qildi.

Vladimir Putin esa o‘z navbatida Kim Chen Inga shamshir va yo‘l choy servizini taqdim etdi.

Kim Chen In “Zamonaviy qurol bo‘lmaganda, bunday qilichdan foydalanishgan – bu sizni qo‘llab-quvvatlaydigan, mening va xalqimizning jonini ifodalaydigan kuchdir”, deya sovg‘ani taqdim etadi.

Kim Chen In va Putin bir-biriga nima sovg‘a qildi - video

Qurol-yarog‘ sovg‘a qilish bu yomon belgi hisoblanadi, shuning uchun rahbarlar ramziy ma’noda o‘zaro tangalar bilan almashishdi.

Vladivostokda bugun Putin va Kim Chen In birinchi to‘liq formatdagi uchrashuvni o‘tkazishdi.

Yuzma-yuz tartibda muzokaralar ikki soat davom etdi, so‘ngra yana bir yarim soat davomida kengaytirilgan shaklda Rossiya va KXDR o‘rtasidagi munosabatlar tarixi va ularning rivojlanish istiqbollari, shuningdek, Koreya yarim orolidagi vaziyat muhokama qilindi.